Yangi havo yo‘nalishi Xitoyning Chunsin shahrini Olmaota bilan bog‘laydi
Xitoyning "Sinxua" axborot agentligi xabar berishicha, mamlakat janubi-g‘arbidagi Chunsin shahri Szyanbey xalqaro aeroporti 24-sentabr kuni Chunsin va Olmaota shaharlari o‘rtasida muntazam havo qatnovi ochilishini ma’lum qildi. Bu haqda "Chunsinvan" yangiliklar sayti aeroport ma’lumotiga tayanib xabar berdi.
Xitoyning ushbu shahri va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi ilk to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘lovchi reysi sifatida mazkur yangi yo‘nalish Chin diyori va mintaqamiz o‘rtasida madaniy va savdo-iqtisodiy almashinuv uchun samarali va barqaror havo yo‘lini yaratadi.
Parvoz “Fly Arystan” avia kompaniyasi uchoqlarida amalga oshirilishi kutilyapti. FS7869 reysi Olmaota – Chunsin yo‘nalishi bo‘ylab chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi. FS7870 reysi esa payshanba va yakshanba kunlari ortga qaytadi.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yil noyabr oyida Xitoy va Qozog‘iston o‘rtasida o‘zaro vizasiz tartib to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim rasman kuchga kirgan.
A.Mamatov, O‘zA