Yangi avtotexnikalar topshirildi
Namangan shahrida “Toza hudud” DUK uchun maishiy chiqindilarni yig‘ishga mo‘ljallangan 31 ta avtotransport vositasini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Namangan shahrida “Toza hudud” DUK uchun maishiy chiqindilarni yig‘ishga mo‘ljallangan 31 ta avtotransport vositasini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan ushbu avtotransport vositalarining umumiy qiymati 12 milliard 834 million so‘mni tashkil etadi. Harakatni nazorat qilish uchun chiqindi yig‘uvchi avtomashinalarga GPS navigator o‘rnatilgan.
Mazkur maxsus avtotransport vositalarining 20 tasi Namangan shahridagi, qolganlari tumanlar “Toza hudud” DUK filiallari uchun taqdim etildi.