Bugun, 2021 yil 20 yanvar kuni soat taxminan 11:42 da Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyasining qozon agregatida ko‘mir-kukuni havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan.

Kecha, 19 yanvar kuni Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyasining 5-son energobloki qozon agregatidagi nuqson tufayli ta’mirga chiqarilgan. Bugun elektr stansiya 560 MVt quvvat bilan ishlagan. 4 ta energoblok ishda, bitta energoblok zahirada bo‘lgan.

20 yanvar kuni “Vostokenergoteploizolyatsiya” AJ va “Energoqozontozalash” MCHJning ta’mirlash ishalarini bajaradigan pudrat tashkilotlari ishni xavfsiz bajarish uchun yo‘riqnoma o‘tkazilib ishga qo‘yilgan.

Energoblok qozon agregatida ta’mir ishlarini bajarish vaqtida ko‘mir-kukuni havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan. Natijada “Vostokenergoteploizolyatsiya” AJning 3 nafar xodimi olingan jarohatlar natijasida vafot etgan, “Energoqozontozalash” MCHJning 3 nafar xodimi turli darajadagi kuyish jarohatlari olishgan. Ayni paytda ular shifoxonada shifokorlar nazorati ostida, ularning ahvoli barqaror deb baholanmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Energetika vazirligi rahbariyati, Favqulotda vaziyatlar vazirligi va boshqa tegishli idora vakillari Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyasiga zudlik bilan yetib borgan.

Hozirda tegishli tergov organ xodimlari tomonidan xodisaning asosiy sabablari o‘rganilmoqda. Xodisa sabablari to‘g‘risida rasmiy ma’lumotlar batafsil beriladi.

Pudrat tashkilotlari va kasaba uyushma qo‘mitalari rahbariyati tomonidan vafot etganlar hamda jarohat olganlarning oila a’zolariga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda arxiv xarakteridagi videolar tarqatilgan bo‘lib, bu bugungi voqealarga aloqador emasligini bildiramiz.

Energetika vazirligi Matbuot xizmati

O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Yangi- Angren IES"da sodir bo‘lgan holat yuzasidan Energetika vazirligi rasmiy axboroti