Bugun Davlat xizmatlari agentligi tashkil etilganligining 4 yilligi munosabati bilan «Hech bir bola davlatimiz va jamiyatimiz e’tibori va mehridan chetda qolmaydi» shiori ostida yo‘lga qo‘yilgan navbatdagi xayriya aksiyasini o‘tkazdi. Tizim xodimlari uyida yakka tartibda ta’lim olayotgan bolalarning holidan xabar oldi.

Aksiyani dastlab boshqarma boshlig‘i M.Qurbonov boshlab berib, Samarqand shahridagi bir qator xonadonlarda bo‘ldi.

Bolajonlardan xabar olib, ularga boshqarmaning esdalik sovg‘alarini topshirdi. Ota-onalar bilan suhbatda Davlat xizmatlaridan foydalanishda kerakli yordamni berishga tayyor ekanliklarini ta’kidladi.

Tuman FHDYO bo‘limi mutaxassislari boshchiligida 39, 40-umumta’lim maktablarining uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan o‘quvchilari shu kunning o‘zidayoq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi hamda keyinchalik ham bolalarning salomatligi doimiy nazoratga olinadigan bo‘ldi.

Aytish joizki, aksiya doirasida Oqdaryo hamda Ishtixon tumanlarida ham tizim xodimlari tomonidan alohida e’tiborga muhtoj bolajonlar holidan xabar olinib, zarur tibbiy vosita va sovg‘alar ulashildi.

Bundan tashqari, tashrif davomida ularning oila a’zolariga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatilib, bepul huquqiy maslahatlar ham berildi. Xayriya tadbirlari davom etmoqda, deya xabar beradi DXA Samarqand viloyat boshqarmasi Axborot xizmati.

Abdulaziz RUSTAMOV, O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yakka tartibda ta’lim olayotgan bolalarning holidan xabar olindi