Yair Lapid Isroil bosh vaziri bo‘ldi
Isroilning "Yesh Atid" partiyasi rahbari Yair Lapid payshanba kuni yarim tunda rasman mamlakat bosh vaziri vazifasini bajarishga kirishdi, deb xabar berdi “Kan” davlat radiosi. Shunday qilib, Lapid Isroil tarixidagi 14 chi bosh vazir hisoblanadi.
Bosh vazir kanselyariyasi yarim tunda o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga vazirlar mahkamasining yangi rahbari rasmini joylashtirdi. Surat tagiga “Isroilning yangi bosh vaziri – Yair Lapid”, – deb yozilgan.
Bir kun avval Isroil Knesseti (parlament) bir necha kunlik muhokamalardan keyin o‘zini o‘zi tarqatib yuborish haqidagi qonun loyihasini tasdiqlagan edi. Shu kuni bosh vazirlikni bajarib kelayotgan Naftali Bennet lavozimini Yair Lapidga topshirdi.