“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostidagi bayram tadbiri
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida Agentlik direktori Akmal Burhonov barchani eng ulug‘ ayyom bilan samimiy tabriklab, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashishga qaratilgan tizimli islohotlar tobora muhim ahamiyat kasb etib borayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Mazkur islohotlarga hamohang ravishda Agentlik faoliyati ham takomillashib borayotgani qayd etildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari ham el-yurt farovonligi yo‘lida o‘z fidoyiligini namoyon etmoqda. Ular mehnati davlatimiz tomonidan munosib rag‘batlantirilayotgani esa natijalar samaradorligini shubhasiz yanada yaxshilaydi.

Agentlikning xodimlari Prezidentning tegishli farmoni bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni, shuningdek, xizmat vazifalarini samarali bajargan xodimlar Agentlik hamda hamkor tashkilotlarning ko‘krak nishoni, faxriy yorliq va tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
N.Abduraimova, O‘zA