“Yagona darcha” xizmati: tez va qulay
Prezidentimizning 2015-yil 28-sentabrdagi “Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Jizzax viloyatining barcha tuman va shaharlarida “Yagona darcha” markazlari tashkil etildi.

Tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida tashkil etilayotgan ushbu markazlarni axborot-kommunikatsiya va muhandislik-texnologiya vositalari bilan jihozlash, internet tarmog‘iga ulash, kadrlar bilan ta’minlash ishlari nihoyasiga yetkazilmoqda.
Mazkur markazlarda tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatga olish va hisobga qo‘yishni internet tarmog‘ida avtomatlashtirilgan tizim orqali 24 soat uzluksiz amalga oshirish tartibi joriy etilmoqda. Bundan tashqari, 16 turdagi davlat xizmatlarini “Yagona darcha” markazlari orqali ko‘rsatish, amaldagi qonunchilikda yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish muddati 2 kun bo‘lsa, endi ushbu jarayon 30 daqiqa ichida amalga oshirilishi belgilangan.
Shu choqqacha ro‘yxatga olish haqida qaror qabul qilish, statistik kodlarni olish, muhr va shtamp eskizini tasdiqlash hamda soliq to‘lovchining indentifikatsiya raqamini berish mutasaddi organ tomonidan 3 soat ichida amalga oshirilgan bo‘lsa, ushbu tartib-taomillarni avtomatlashtirilgan tizim orqali 30 daqiqa ichida rasmiylashtirish ko‘zda tutilmoqda.
G‘allaorol tumanida “Yagona darcha” markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yishga bag‘ishlangan viloyat ko‘rgazmali seminarida shular haqida atroflicha so‘z yuritildi. Unda ishtirok etgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, nazorat qiluvchi organlar vakillari tumanda “Yagona darcha” markazini tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
– Tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatga olishning yangi tartibi joriy etilishi barcha darajadagi davlat boshqaruvi idoralari bilan munosabatlarda tadbirkorlar va mulkdorlar huquqlari ustuvorligini ta’minlaydi, – deydi Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Bobur Umrzoqov. – Mamlakatimizda qonun hujjatlarining tadbirkorlik faoliyatiga ta’sirini baholash tizimining yo‘lga qo‘yilishi kelgusida ortiqcha ma’muriy cheklovlarni aniqlash va uni bartaraf etish imkonini berayotir. Shu jihatdan ham “Yagona darcha” markazlari xizmatlarining ahamiyati katta.
Seminarda ishtirokchilarga Prezidentimizning shu yil 15-maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbirkorlik subyektlari vakillari mutaxassislardan “Yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldi.