XVJ dunyo bo‘ylab YAIM o‘sishi sekinlashishini bashorat qilmoqda
Koronavirus infeksiyasining omikron shtammi tarqalishi, energiya narxi ko‘tarilishi global iqtisodiy o‘sishni cheklamoqda. Bu haqda Xalqaro valyuta jamg‘armasining yanvar oyi hisobotida ma’lum qilingan.
XVJ tomonidan qayta hisob-kitob qilingan global iqtisodiy o‘sish prognoziga ko‘ra, joriy yil jahon yalpi ichki mahsuloti o‘sish sur’ati 4,4 foizni tashkil etadi, oktyabr oyida bu raqam 4,9 foiz, deb ko‘rsatilgan edi. Yevropa mamlakatlarida YAIM 3,9 foiz oshishi kutilyapti.
— 2024 yil oxiriga kelib iqtisodiy yo‘qotish 13,8 trillion dollarni tashkil etishi mumkin, — dedi nufuzli moliyaviy tuzilma boshqaruvchi direktorining birinchi o‘rinbosari Gita Gopinat.