Xulian Alvares “Manchester Siti”ga qaytishni istamadi
26 yoshli hujumchi faoliyatini davom ettirish uchun “Barselona”ni asosiy variant sifatida ko‘rmoqda.
Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Xulian Alvares sobiq jamoasi “Manchester Siti”ga qaytishni rejalashtirmayapti.
Cadena SER jurnalisti Pedro Fulyananing ma’lum qilishicha, “shaharliklar” argentinalik futbolchini ijaraga olishga tayyor bo‘lgan. Biroq “Atletiko”dagi faoliyatini davom ettirishni istamayotgan Alvares “Manchester Siti” taklifiga qiziqish bildirmagan va Angliyaga qaytishni xohlamasligini ma’lum qilib, taklifni rad etgan.
26 yoshli hujumchi faoliyatini davom ettirish uchun “Barselona”ni asosiy variant sifatida ko‘rmoqda. Biroq “Atletiko” rahbariyati o‘z yulduzini Kataloniya klubiga sotish imkoniyatini butunlay istisno qilmoqda.
Alvaresga da’vogarlik qilayotgan yana bir klub — “Arsenal”. Londonliklar ham argentinalik hujumchining kelajagi bilan bog‘liq vaziyatni kuzatib bormoqda.
Shunday qilib, Alvares “Manchester Siti”ga qaytish variantini rad etgan, uning asosiy istagi esa “Barselona”ga o‘tish bo‘lib qolmoqda.