Litvaga AQSH harbiy bazasi kirib keladimi?
Litva AQSH harbiylarini mamlakatga doimiy joylashtirish taklifini ilgari surdi, Donald Tramp esa bu g‘oya ko‘rib chiqilishini bildirdi. Mazkur tashabbus Rossiya bilan urushni davom ettirayotgan Ukrainaga yaqin Boltiq bo‘yi mintaqasida Vashingtonning harbiy ishtirokini kuchaytirish masalasini yana kun tartibiga olib chiqdi.
Litva Bosh vaziri Mindaugas Sinkyavichyus Trampning Belarus bo‘yicha maxsus vakili Jon Koul bilan suhbatda Vilnyus AQSH qo‘shinini doimiy joylashtirishga tayyorligini aytgan. Tramp esa Litva do‘st ekanini ta’kidlab, doimiy baza ochish imkoniyati “albatta ko‘rib chiqilishi”ni bildirgan. Hukumat rahbari mamlakat Mudofaa vazirligiga Amerika harbiylarini qabul qilish uchun zarur sharoit yaratish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.
Oktyabr oxirida Litvaga almashtirish asosida 1 000 ga yaqin AQSH askari kelishi kutilyapti. Ular mamlakatda to‘qqiz oy xizmat qiladi. Qo‘shni Polsha ham Qo‘shma Shtatlar doimiy harbiy bazasini ochishga harakat qilyapti. Qolaversa, Litva 2027-yil oxiriga qadar Germaniyadan qariyb 5 000 harbiy xizmatchidan iborat brigada qabul qilishni ham rejalashtirgan.
Musulmon Ziyo, O‘zA