Xotira bor ekan – millat barhayot
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tinch va yorug‘ kunlarimiz uchun kurashgan vatandoshlarimiz xotirasini yod etish, yoshi ulug‘ bobolarimizga ehtirom ko‘rsatish maqsadida «Xotira bor ekan – millat barhayot» shiori ostida aksiya boshladi.
Ma’lumki, bu farovon kunlarga yetishimiz o‘z-o‘zidan bo‘lgan emas. Xususan, tinchlik uchun jon fido qilgan ajdodlarimiz yodiga ehtirom bu bizning oliy burchimizdir.
Davlatimiz rahbarining joriy yil 20 apreldagi «Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan aksiya mamlakatimiz bo‘ylab joriy yilning 10 may kuniga qadar markaziy xiyobon, mahalla va aholi gavjum ochiq joylarda o‘tkaziladi.
Aksiya doirasida taniqli shaxslar ishtirokida «Sharaf lentasi»ni tarqatish, faxriylar ishtirokida «E’tibor va g‘amxo‘rlik – insoniy burch» mavzuiagi uchrashuvlar, harbiy orkestrlar musiqiy chiqishlari hamda «Mening bobom mehnat faxriysi!» fotosuratlar tanlovi bo‘lib o‘tmoqda.
Shuningdek, «Sharaf lentasi» aks etgan fotosuratlarni #SharafLentasi xeshtegi ostida trendga olib chiqish rejalashtirilgan.
Gulnoz BOBOEVA, O‘zA