Xotin-qizlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklar tahlil qilindi
Toshkent shahar hokimligi va qator hamkor tashkilotlar tomonidan xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, bu borada olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda Toshkent shahar prokuraturasi va Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan kiritilgan taqdimnomalarda ko‘rsatilgan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Muhokama davomida taqdimnomalarda qayd etilgan kamchiliklar o‘qib eshittirildi, mavjud muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

Shuningdek, xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, profilaktik ishlar samaradorligini oshirish hamda mutasaddi tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.
G.Boboyeva,
O‘zA