Xorvatiyada “kovid-pasport” joriy etildi
Xorvatiya Yevropa ittifoqida birinchi bo‘lib “kovid-pasport” deb nomlanuvchi salomatlik sertifikatini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi.
Mamlakat ichki ishlar vaziri va tanazzul bo‘yicha milliy shtab boshlig‘i Davor Bojinovich bu haqda fikr bildirib, “Texnik masalalarni hal qilish bilan mashg‘ul bo‘luvchi tijoriy faoliyat Agentligi sinovni markaziy raqamli terminal orqali muvaffaqiyatli o‘tkazdi, sertifikatlar tayyor, bu jarayon 1 iyundan boshlanishi belgilangan”, deyiladi mamlakat vazirlar mahkamasi matbuot xizmatining Bojinovichdan keltirgan iqtibosida.