Xorvatiya terma jamoasi sardori Luka Modrich terma jamoa safida 200-o‘yinini o‘tkazdi
Modrich futbol tarixida terma jamoa safida 200 ta o‘yin o‘tkazgan to‘rtinchi futbolchiga aylandi.
Luka Modrich Xorvatiya terma jamoasi safidagi 200-uchrashuvini o‘tkazdi.
40 yoshli yarim himoyachi JCH–2026 guruh bosqichining ikkinchi turida Panama milliy terma jamoasiga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi. Uchrashuv Xorvatiyaning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Shu tariqa, Modrich futbol tarixida terma jamoa safida 200 ta o‘yin o‘tkazgan to‘rtinchi futbolchiga aylandi.
Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha rekord Krishtianu Ronalduga tegishli bo‘lib, u Portugaliya terma jamoasi safida 230 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Ikkinchi o‘rinda Bader Al-Mutava (202 o‘yin), uchinchi o‘rinda esa Lionel Messi (201 o‘yin) qayd etilgan.
Modrich Xorvatiya terma jamoasi safidagi 200 uchrashuvda 29 ta gol urib, 31 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. U milliy jamoa bilan 2018-yilgi jahon chempionatining kumush, 2022-yilgi mundialning esa bronza medallarini qo‘lga kiritgan.