Xorijda qonuniy mehnat: Zafarobodda yoşlar uçun yangi imkoniyatlar oçilmoqda
Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida Respublika Migratsiya agentligi masʼullari, maktab bitiruvçilari va işsiz yoşlar iştirokida oçiq muloqot ötkazildi. Unda yoşlarni xorijda qonuniy işga joylaştiriş, kasbiy tayyorgarligini oşiriş va mehnat huquqlarini himoyalaş masalalari muhokama qilindi.
Bugungi yoşlar bandligini taʼminlaş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biridir. Ayniqsa, xorijda işlaş istagidagi fuqarolarni qonuniy mehnat faoliyatiga yönaltiriş muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zero, mehnat migratsiyasi nafaqat daromad manbai, balki yangi imkoniyatlar eşigidir. U insonning kasbiy tajribasi va dunyoqaraşini kengaytirişga ham xizmat qiladi.
Biroq xorijda işlaş istagining özi yetarli emas. Buning uçun muayyan kasbiy malaka, xorijiy tillarni biliş va huquqiy savodxonlik talab etiladi. Eng muhimi, har bir fuqaro mehnat şartnomasining şartlarini yaxşi anglaşi zarur. Aks holda, firibgarlik va mehnat huquqlari buzilişi xavfi yuzaga keladi.
Zafarobod tumanidagi oçiq muloqotda aynan şu masalalarga alohida eʼtibor qaratildi. Unda maktab bitiruvçilari va işsiz yoşlar iştirok etdi. Oçiq muloqotda Migratsiya agentligi, tuman hokimligi, korxona va taşkilotlar rahbarlari yoşlar bilan yuzma-yuz suhbatlaşdi.
Mutaxassislar Germaniya va Yaponiyada mehnat faoliyatini boşlaş imkoniyatlari haqida maʼlumot berdi. Xorijiy iş beruvçilar talablari, nomzodlarni tanlaş mezonlari va kasbiy tayyorgarlik masalalari tuşuntirildi. Ayniqsa, xorijiy tillar va zamonaviy kasblarni özlaştirişning ahamiyati taʼkidlandi.

Yoşlarni maxsus öquv kurslarida bepul tayyorlaş imkoniyatlari ham muhokama qilindi. Bunda kasb-hunar va xorijiy tillarni örganiş masalalariga alohida urğu berildi. Hujjatlarni rasmiylaştiriş va mehnat şartnomalarini tuziş tartiblari ham izohlandi.
Bunday taşabbuslar davlatimizda yoşlar bandligini taʼminlaşga qaratilgan islohotlar bilan hamohangdir. Xususan, Prezidentimizning 2026-yil 20-apreldagi “Yangi Özbekiston yoşlari – 2030” strategiyasini 2026-2027-yillarda amalga oşiriş hamda yoşlar bandligini taʼminlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori muhim huquqiy asos hisoblanadi.
Mazkur qarorda xorijda işlaş istagidagi yoşlarni qonuniy mehnat migratsiyasiga yönaltiriş vazifalari ham belgilangan. Jumladan, uning çora-tadbirlar dasturida yoşlarni çet tillariga öqitiş va xorijda işlaşga maqsadli tayyorlaş nazarda tutilgan. Şuningdek, mehnat migratsiyasi bilan boğliq byurokratik tösiqlar olib taşlandi. Qonuniy mehnat migratsiyasi orqali ketayotgan yoşlarni moliyaviy rağbatlantiriş mexanizmlari ham közda tutilgan.
Zafaroboddagi oçiq muloqot mazkur vazifalarni aholiga yetkaziş va yoşlarni tayyorlaşga xizmat qiladi. Ayniqsa, mutaxassislar bilan bevosita muloqot qiliş yoşlarga töğri qaror qabul qilişda yordam beradi.

Uçraşuv davomida xorijda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoyalaş masalalari ham muhokama qilindi. Yoşlar özlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldi. Bildirilgan takliflar asosida kasbga yönaltiriş va bandlik masalalari yuzasidan fikr almaşildi.
Aslida, qonuniy mehnat migratsiyasining samarasi xorijga yuborilgan fuqarolar soni bilan çeklanmaydi. Ularning xavfsizligi, munosib mehnat şaroiti va huquqiy himoyasi ham muhim mezondir. Şu bois yoşlarni kasbga tayyorlaş va işonçli iş beruvçilar bilan boğlaş dolzarb vazifadir.
Zafaroboddagi uçraşuv ham ana şu maqsadlarga xizmat qiladi. Zero, bilimli, malakali va huquqlarini yaxşi biladigan yoşlar mehnat bozorida raqobatbardoş böladi.
Abdujalol Qayumov, ÖzA muxbiri