Birlashgan Arab Amirliklari axborot agentligi – “WAM” sahifasida “COP28. Saqr G‘obash va O‘zbekiston senati raisi parlamentlararo munosabatni mustahkamlash yo‘llarini muhokama qildi” nomli maqola e’lon qilindi.

Maqolada BMT iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi doirasidagi parlament sessiyasida ishtirok etish uchun Dubay shahrida bo‘lib turgan Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiyaning BAA Federal milliy kengashi raisi Saqr G‘obash bilan muzokarasi batafsil yoritilgan.

Keyingi yillarda O‘zbekiston va BAA o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilgani, parlamentlararo aloqa ham izchillik kasb etayotgani urg‘ulangan.

Muallif hamkorlikning keng doirasi, jumladan siyosat, savdo-iqtisodiyot, iqlim o‘zgarishi oqibatini bartaraf etish sohalarida va ayniqsa, parlamentlararo muloqotni kengaytirish zarurligiga to‘xtalgan.

O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan BAA sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar soni 5 yilda 2,5 barobar oshgani, “yashil” energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika, turizm infratuzilmasi kabi yo‘nalishlarni qamrab olgan investitsiya loyihalari qiymati 4 milliard dollardan ziyodni tashkil etayotgani ta’kidlangan.

O‘zbekiston va BAA parlamentlari o‘rtasidagi munosabat izchilligini ta’minlash, xususan qonun ijodkorligi va parlament nazorati yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashilgani e’tirof etilarkan, oliy darajada erishilgan kelishuvlar asosida qabul qilingan “yo‘l xaritalari”da belgilangan vazifalar ijrosi ustidan tizimli parlament nazoratini o‘rnatish, “xalq diplomatiyasi”ning muhim jihati hisoblangan “do‘stlik guruhlari” faoliyatini jonlantirish lozimligi qayd etilgan.

Muharrama Pirmatova, O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorij matbuoti O‘zbekiston haqida