Xorazmlik talabalar yengil atletika bo‘yicha hozircha peshqadam
“Yangi O‘zbekiston talabalar Olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan yengil atletika musobaqalarining birinchi kungi natijalariga ko‘ra, Xorazm viloyatidagi Urganch davlat universitetining “UrDU” sport klubi vakillari 4 ta oltin, 1 ta kumush medal jamg‘arib, birinchi o‘rinni egallamoqda.
Ikkinchi pog‘onadan Qoraqalpoq davlat universiteti sport klubi joy oldi. Jamoa a’zolari 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi. Kuchli uchlikni Andijon davlat pedagogika instituti sport klubi yakunlab berdi. Ushbu jamoa hisobida 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medal mavjud.
Shuningdek, Namangan davlat pedagogika instituti sport klubi 1 tadan oltin, kumush va bronza medal bilan to‘rtinchi o‘rindan joy oldi.
Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston—Finlyandiya pedagogika instituti sport klubi hamda Andijon davlat universitetining “ADU” sport klubi bittadan oltin va bronza medal bilan beshinchi o‘rinni bo‘lishib oldi.
Jizzax davlat pedagogika instituti sport klubi esa 1 ta oltin medal bilan musobaqani yakunladi.
“Yangi O‘zbekiston talabalar Olimpiadasi” doirasida yengil atletika musobaqalarining ikkinchi kun bellashuvlari bugun, 6-iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Yengil atletika. 2-kun dasturi:
Ayollar:
Uch hatlab sakrash — final
3000 metrga yugurish — final
200 metrga yugurish — dastlabki bosqich
800 metrga yugurish — final
200 metrga yugurish — final,
Erkaklar:
3000 metrga yugurish — final,
200 metrga yugurish — dastlabki bosqich,
Uch hatlab sakrash — final.
800 metrga yugurish — final
200 metrga yugurish — final.
Javohir Toshxo‘ajev, O‘zA