Xorazmda kurash mahorat maktabi ochildi
Xorazm viloyatida zamonaviy qulayliklarga ega viloyat kurash mahorat maktabi foydalanishga topshirildi.
Yangibozor tumanida qad rostlagan mazkur mahorat maktabining tantanali ochilish marosimida ishtirok etgan Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimov, O‘zbekiston kurash federatsiyasi bosh kotibi Alisher Eshonqulov va boshqalar milliy sportimiz kurashning xalqaro rivojida mahorat maktablarining o‘rni beqiyosligi, barkamol avlod tarbiyasida sportning ahamiyatini ta’kidlashdi.



O‘zbekiston kurash federatsiyasi tomonidan Xorazm viloyati kurash mahorat maktabiga kurash gilami tantanali tarzda topshirildi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA