Xondizada yillik rejalar muddatidan avval bajarildi
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining Surxon vohasida joylashgan tarkibiy bo‘linmasi – bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha yillik rejani muddatidan avval bajardi.

2022 yil oktyabr oyining ilk kunidayoq konsentratda mis metali ishlab chiqarish rejasi to‘liq bajarishiga erishildi. Mehnat jamoasi oldiga 2022 yilda konsentratda 1545,6 tonna mis metali ishlab chiqarish vazifasi qo‘yilgan edi. Shuningdek, mehnat jamoasi yana bir yo‘nalish bo‘yicha yillik rejani muddatidan avval uddalashdi. 2022 yilda 20065 tonna konsentratda rux metali ishlab chiqarish vazifasi belgilangan edi. Surxonlik konchi-boyituvchilar ushbu vazifani 2022 yilning 13 noyabr sanasida 20065,6 tonnalik natija qayd etgan holda ado etishdi.

Oqilona boshqaruv siyosati, har bir ishchining o‘z ishiga bo‘lgan jiddiy yondashuv va texnologik ishlab chiqarish rejimiga qat’iy amal qilish, pirovardida ko‘zlangan natijaga erishish. Ushbu omillar sabab bugun Xondiza kon boshqarmasi mehnat jamoasi vazifalarni yorug‘ yuz bilan bajarmoqda.
OKMK Axborot xizmati