Xokkey sport turini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi
Poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi”da O‘zbekiston xokkey federatsiyasi oldida turgan vazifalar hamda ushbu sport turining istiqboliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sport bo‘yicha vakili Odil Abdurahmonov, sport vaziri Adham Ikromov, MOQ Bosh kotibi Oybek Qosimov, Xokkey federatsiyasi vitse-prezidenti Bahodir G‘ofurov ishtirok etgan yig‘ilishda mamlakatimiz xokkey jamoalarining bugungi holati, yosh xokkeychilarni tayyorlash, ularning mahoratini oshirish istiqbollari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.
Taqdimot davomida mamlakatimizda xokkey sport turini yanada ommalashtirish, mavjud infratuzilmani rivojlantirish, hududlarda seleksiya tizimini takomillashtirish, trener va hakamlar salohiyatini oshirish, shuningdek, terma jamoalarning xalqaro maydondagi natijalarini yanada yaxshilashga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida kelgusida qilinadigan ustuvor vazifalar belgilanib, mas’ullarga qilinishi kerak bo‘lgan ishlar yuzasidan tegishli topshiriqlar yuklandi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA