Xokkey: “Humo” ochiq chempionat peshqadami
Joriy yilning noyabr oyidan xokkey bo‘yicha boshlangan O‘zbekiston ochiq chempionati bahslarida Toshkentning “Humo” jamoasi yetakchilik qilmoqda.
Ochiq chempionat o‘yinlarida O‘zbekistonning "Humo" (Toshkent), "Binokor" (Toshkent) va "Sherdor" (Samarqand) jamoalari qatorida Qirg‘izistonning "Uchur" (Bishkek) hamda "SDYUSHORSI Alga" (Bishkek) xokkeychilari kuchlilikka da’vogarlik qilmoqda.

Hozirgacha barcha jamoalar musobaqa dasturida ko‘rsatilgan o‘yinlarda maydonga tushgan bo‘lsa, bugungacha 6 ta o‘yinda 4 ta g‘alaba, 2 ta mag‘lubiyat holatida 9 ochko jamg‘argan "Humo" xokkeychilari turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Kuni kecha O‘zbekiston xokkey federatsiyasi dekabr oyida o‘tadigan o‘yinlar taqvimini e’lon qildi. Unga ko‘ra, “Humo” jamoasi ilk bahsni 14 dekabr kuni Qirg‘izistonning "Uchur" jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA