Xodjabekova Surayyo Abduganiyevnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Og‘ir nutq nuqsoni bo‘lgan bolalarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari” mavzusida
Xodjabekova Surayyo Abduganiyevnaning 13.00.03 – Maxsus pedagogika ixtisosligi bo‘yicha “Og‘ir nutq nuqsoni bo‘lgan bolalarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi DSc.03/30/012022 Ped.26.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 21 fevral kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100011, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 27-uy, Toshkent davlat pedagogika universiteti, 2-qavat, 203-xona.
Tel.: (99871) 276-75-26; faks: (99871) 276-76-51
e-mail: kengash@edu.uz