Xodimlarning ish haqi va nafaqalari undirib berildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining 2023-yil 25-dekabrdagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “Guliston paxta tozalash” AJdan 14 nafar fuqaroning foydasiga jami 150 mln so‘m miqdorida ish haqi va nafaqa pullarini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Guliston tumani bo‘limi ish yurituviga 2024-yil 27-yanvarda kelib tushgan va ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, ijro harakatlariga kirishilgan.
Ijro harakatlari davomida qarzdorning bankdagi barcha hisob raqamlariga band solingan. Majburiy ijro harakatlari davomida davlat ijrochisining undiruvni qarzdorning boshqa shaxslarda turgan pul mablag‘lariga qaratish to‘g‘risidagi qaroriga asosan MCHJdan 150 mln so‘m miqdorida pul mablag‘lari undirilishi ta’minlangan. Undirilgan pul mablag‘lari tegishli tartibda 14 nafar undiruvchining bank plastik kartalariga o‘tkazib berildi.
–MIB xodimlaridan minnatdorman – deydi Nuriddin Mamatqulov. –Ularning sa’y-harakati tufayli anchadan beri ololmay yurgan 13 million ish haqimni oldim. Bu Navro‘z bayramiga tuhfa bo‘ldi.
Sh.Suyarov, O‘zA muxbiri