Majburiy ijro byurosi Andijon viloyat boshqarmasi hamda hududiy bo‘limlari tomonidan sud hujjatlariga asosan, belgilangan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lashni paysalga solayotgan jismoniy va yuridik shaxslardan qarzlarni, shuningdek, o‘zlari ishlayotgan korxonalardan ish xaqlarini ololmayotgan xodimlarning ish haqlarini undirish bo‘yicha zarur ishlar olib borilmoqda.

Majburiy ijro byurosi Shahrixon tuman bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘ston tumanlararo sudining 31 ta sud buyrug‘i kelib tushgan bo‘lib, unda qarzdor Shahrixon “Pilla tayyorlov” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan 31 nafar jamiyat xodimiga jami 259 million 982 ming 213 so‘m miqdorida ish haqi undirib berilishi belgilangan.

Mazkur ijro hujjatlari yuzasidan ijro ish yuritish qo‘zg‘atilib, qaror nusxasi taraflarga yuborildi. Shahrixon “Pilla tayyorlov” MCHJ mutasaddilariga sud buyrug‘i ijrosini ta’minlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.  

Ijro harakatlari davomida qarzdor Shahrixon “Pilla tayyorlov” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 31 nafar fuqaroga jami 259 million 982 ming 213 so‘m miqdorida ish haqi pullari undirilib berilishi ta’minlandi. Xususan, fuqaro B.Mahbubovga 24 million 470 ming 257 so‘m, M.Jamolovga 20 million 831 ming 25 so‘m, U.Olimovga 16 million 526 ming 551 so‘m va boshqa barcha xodimlarga hisoblanib, qo‘liga olishi ko‘rsatilgan ish haqlari naqd pul ko‘rinishida topshirildi.

F.Ubaydullayev, O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xodimlarning 260 million so‘mga yaqin ish haqlari undirib berildi