Xo‘jalikda ish qizg‘in
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanidagi “O‘zaro birlik” fermer xo‘jaligi joriy yil 132 tonna g‘alla yetishtirishni rejalashtirgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanidagi “O‘zaro birlik” fermer xo‘jaligi joriy yil 132 tonna g‘alla yetishtirishni rejalashtirgan.Ayni kunlarda xo‘jalikda boshoqli don o‘rim-yig‘imi qizg‘in davom etmoqda. G‘alladan bo‘shagan maydonlarni somondan tozalash va shudgorlash ishlari ham olib borilayotir. Shuningdek, xo‘jalik a’zolari 110 gektar maydondagi g‘o‘zani barcha agrotexnik tadbirlar asosida parvarishlashga alohida e’tibor qaratgan.