Londondagi “Xitrou” aeroporti “Yevropada eng mashhur” maqomidan ayrildi, deya xabar berdi TASS axborot agentligi.

Ma’lum bo‘lishicha, u Yevropaning eng mashhur aeroportlari ro‘yxatida 10-o‘rinni egalladi. Pandemiyadan oldin “Xitrou” reytingda yetakchilik qilayotgan edi.  

Mazkur yil avgustda “Xitrou” shahrida atigi 19 yarim ming reys amalga oshirilgan. Amsterdamdagi “Sxipxol” aeroporti 33 ming reys bilan rekord o‘rnatdi va birinchi o‘rinni egalladi.  

Yevropadagi eng gavjum aeroportlar – “Antalya”, “Afina”, “Barselona”, “Madrid”, “Malorka”, “Istanbul” va “Frankfurt” bo‘ldi.  

Shunday bo‘lsa-da, o‘tgan oy “Xitrou”da yo‘lovchilar oqimi 2,2 million kishiga yetdi. Bu 2020 yilning bahoridan buyon eng yuqori ko‘rsatkichdir.  

Thye Times nashrining xabariga ko‘ra, Yevropaning ko‘plab aeroportlarida bu ko‘rsatkich “Xitrou”ga qaraganda ancha tez o‘sib bormoqda. Boisi, Buyuk Britaniyaga chet eldan kirib kelish talabi boshqa Yevropa mamlakatlariga qaraganda ancha murakkab edi.  

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Xitrou” endi Yevropadagi eng mashhur aeroport emas