Xitoyda suv toshqini oqibatida yuzlab ilonlar fermadan qochib ketdi
XXRning Guangji Chjuan hududida kuchli suv toshqini fermadan 900 dan ortiq ilon, jumladan, zaharli kobralar qochib ketishiga olib keldi.
Rasmiylar aholini xavf haqida ogohlantirib, sudralib yuruvchilarni qidirish uchun favqulodda xizmatlarni jalb qildi.
Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, bir kishi kobra chaqishi oqibatida vafot etgan.
Xabarda keltirilishicha, mintaqada zaharga qarshi vositalar zaxirasi ko‘paytirilgan hamda kasalxonalar yuqori darajadagi tayyorgarlik holatiga keltirilgan.
S.Rahimov, O‘zA