Xitoy valyutasining yangi rekordi qayd etildi
Xitoy yuani global to‘lovlar amaliyotida tobora ommalashmoqda. Keyingi oylarda yuanning xalqaro tranzaksiyalari tarixdagi rekord miqdorda oshdi, deyiladi “Bloomberg” xabarida.
Xalqaro banklararo munosabatlar kanali ma’lumotiga ko‘ra, dunyo tranzaksiyalar bozorining 3,2 foizi yuan hissasiga to‘g‘ri keldi. Xitoy valyutasi 2015 yildagi yuksalish darajasidan oshib ketdi.
Rossiya o‘zaro savdo munosabatlarida yuan bilan to‘lovni amalga kiritish bilan Xitoyning dollarni siqib chiqarayotganiga katta hissa qo‘shdi. Bundan tashqari, xalqaro fondlar Xitoy davlat obligatsiyalari o‘zida tobora ko‘proq tutib turayotgani ham Xitoy valyutasining yangi rekordi qayd etilishiga sabab bo‘lgan.