Xitoy universitetlariga kirish uchun HSK nega kerak?(+Video)
Toshkentdagi “Green University”da o‘tkazilgan “HSK: Xitoyda ta’lim” III O‘zbekiston forumida Xitoyda tahsil olish imkoniyatlari va HSK imtihonining ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbirda Xitoyning 26 ta yetakchi universiteti vakillari ishtirok etib, talabalarga bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari, grant hamda stipendiya imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Xitoyda o‘qishni istagan yoshlar uchun HSK imtihoni muhim talablardan biri hisoblanadi. HSK — xitoy tili bo‘yicha xalqaro daraja imtihoni bo‘lib, u talabaning mandarin tilini qay darajada bilishini aniqlaydi.
Mazkur sertifikat Xitoy universitetlariga qabul jarayonida, grant yutishda, stajirovka va ta’lim dasturlarida ishtirok etishda muhim ahamiyatga ega.
Shu bois, forum davomida ishtirokchilarga HSK imtihoniga tayyorgarlik, hujjat topshirish va Xitoyda ta’lim olish tartiblari bo‘yicha ham batafsil tushuntirishlar berildi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/p0gwvT_rfA8?si=J25XB9oBzkdplc3c" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Toshqorayeva,
O‘zA