Xitoy gaz quvurlari mamlakatimizda
O‘zbekiston – Xitoy munosabatlari faqat o‘zaro savdo-sotiq, texnologik liniya va jihozlar ta’minotidagina emas, strategik ahamiyatga ega mahsulotlar yetkazib berishda ham yuqori darajaga ko‘tarilgan.
Bugun “O‘ztransgaz” AJ va uning Farg‘ona magistral gaz quvurlari boshqarmasi Xitoyning Alashankou shahridagi "Sinbo" neftgaz quvurlari kompaniyasi bilan yaqin munosabat o‘rnatgan. O‘zbekistonga, jumladan, Farg‘onaga Xitoydan yuqori sifatli mustahkam metaldan ishlab chiqarilgan gaz quvurlari yetkazib berilmoqda.


– Biz Farg‘onadagi 1650 kilometr gaz quvurlariga xizmat ko‘rsatamiz, – deydi “O‘ztransgaz” AJ Farg‘ona magistral gaz quvurlari boshqarmasi bosh muhandisi Ulug‘bek Ismoilov. – Faoliyatimizda Xitoy quvurlaridan foydalanamiz. Chunki Alashankoudagi "Sinbo" kompaniyasi quvurlari yuqori bosimga chidamliligi va uzoq yillarga mo‘ljallangani bilan ajralib turadi.


"Sinbo" kompaniyasi bir yilda 1 mln.tonna turli diametrdagi neft, gaz, suv va issiqlik quvurlarini ishlab chiqarmoqda. Mahsulot asosan xorijiy mamlakatlarga, jumladan, O‘zbekiston, Turkmaniston, Qozog‘iston va Rossiyaga eksport qilinadi. Bu quvurlar 219 sm.dan 4000 sm.gacha diametrli bo‘lib, byurtma asosida yuqori texnologik liniyalarda tayyorlanadi. Payvandlash jarayoni sun’iy intellekt tomonidan nazorat qilinadi va sifati kafolatlangan.


Alashankoudagi "Sinbo" quvurlari Markaziy Osiyo gazoprovodi, Xitoy-Rossiya va Xitoy–Qozog‘iston truboprovodlarida sinovdan o‘tgan.

2025-yilda “O‘ztransgaz”AJ va "Sinbo" kompaniyasi o‘rtasida hamkorlikni davom ettirish haqida yangi kelishuvlarga erishilgan.
Muhammadjon Obidov,
Xitoy, Alashankou shahri.O‘zA