Xitoy elchisi: AQSH va Isroil Eron bilan urushmasligi kerak
AQSH va Isroilning Eron bilan urushi, aslida, hech qachon bo‘lmasligi kerak edi, mojaroni davom ettirishga ham hojat yo‘q. Xitoyning Tehrondagi elchisi Sun Peyu so‘zlariga ko‘ra, urush “hamma narsani hammaga aniq ko‘rsatdi”.
Diplomat Pekin va Tehron savdo-iqtisodiy hamkorligi tashqi omillarga bog‘liq emasligini ham таъкидлади.
Peyu Xitoy Pokistonning mojaroni hal qilish bo‘yicha vositachilik sa’y-harakatini qo‘llab-quvvatlashi, Islomobodni Yaqin Sharqda tinchlikni ta’minlash bo‘yicha ishonchli sherik, deb bilishini qo‘shimcha qildi. Diplomatik missiya rahbari yakuniy kelishuvga erishish uchun mojaro tomonlari muzokara jarayonidagi ko‘plab “ko‘tarilish va pasayish holatlariga qaramay”, doimiy muloqotni davom ettirishlari kerak, degan fikrni bildirdi. Shuningdek, mart oyi oxirida Xitoy tomonidan Pokiston bilan birga Fors ko‘rfazi, umuman Yaqin Sharqda tinchlik va barqarorlikni tiklash tashabbusiga kirishganini eslatdi. Shu nuqtai nazardan Peyu Pekin tegishli barcha tomonlar bilan doimiy aloqada bo‘lishiga ishonch bildirdi. Bu Xitoyning tinch muloqotni rivojlantirish borasidagi sa’y-harakati muhim qismidir.
S.Rahimov, O‘zA