Xarri Keyn «Bavariya» bilan shartnomasini uzaytirishga tayyor
Hujumchi kelayotgan mavsumdayoq «Bavariya» bilan UEFA Chempionlar ligasida g‘olib chiqishiga ishonmoqda.
«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn yaqin vaqt ichida Myunxen klubi bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin.
Manbaga ko‘ra, 33 yoshli angliyalik futbolchi bilan yangi kelishuv avgust oxiri yoki sentabr boshida imzolanishi mumkin. Muzokaralar esa yaqin vaqt ichida boshlanadi.
Keynning yangi shartnomasi 2029-yil yozigacha yoki 2030-yil yozigacha mo‘ljallanishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, hujumchi kelayotgan mavsumdayoq «Bavariya» bilan UEFA Chempionlar ligasida g‘olib chiqishiga ishonmoqda.
Avvalroq «Bavariya» 19-avgust kuni Xarri Keynga «Oltin butsa» topshirilishini ma’lum qilgan edi.
Myunxen klubi, shuningdek, Keyn o‘tgan mavsumni «Oltin to‘p»ga munosib darajada o‘tkazganini ta’kidlagan.