Xabar berganimizdek, bugun 25 sentyabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida Xalqaro xokkey federatsiyasi(IIHF)ning navbatdagi kongressi bo‘lib o‘tdi.

Kongress yig‘ilishida federatsiyaning yangi rahbar organi va IIHF prezidenti saylanishi belgilangandi. 1994 yildan beri Xalqaro xokkey federatsiyasini boshqarib kelgan 71 yoshli Rene Fazel bundan buyon federatsiyaning faxriy prezidenti lavozimini egallashi kongressda e’lon qilindi.

Bir necha soat oldin yakunlangan saylov natijalariga ko‘ra, Lyuk Tardiff 67 ta ovoz bilan germaniyalik Frans Rayndlni 4 turdan iborat saylov jarayonida ortda qoldira oldi. Germaniya xokkey federatsiyasi rahbari 39 ta ovoz to‘plashga erishdi, xolos.

Aytish joizki, IIHF prezidentligiga 5 nafar nomzod da’vogarlik qildi. Ular daniyalik Xenrik Bax-Nilsen, chexiyalik Petr Brjiza, Belarus vakili Sergey Goncharov, germaniyalik Frans Rayndl va fransuz vakili Lyuk Tardiff.

Sankt-Peterburda yakunlangan IIHF kongressida Kanadada tug‘ilib, Fransiya xokkey federatsiyasini boshqargan Lyuk Tardiff Xalqaro xokkey federatsiyasining prezidenti, deb e’lon qilindi.

T. Ro‘ziyev,

O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro xokkey federatsiyasining yangi rahbari saylandi