Xalqaro turnir yakunlandi
Toshkent viloyatida erkin kurash bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan 500 nafarga yaqin yosh sportchi g‘oliblik uchun bellashdi.
Toshkent viloyatida erkin kurash bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan 500 nafarga yaqin yosh sportchi g‘oliblik uchun bellashdi.
Mazkur an’anaviy turnir yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularni sportga, jumladan, Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan erkin kurashga kengroq jalb etishga xizmat qilmoqda.
– Turnir yurtimizda sport yoshlar o‘rtasida tobora ommalashib borayotganini ko‘rsatdi, – deydi erkin kurash bo‘yicha ikki karra jahon chempioni, uch karra Osiyo o‘yinlari g‘olibi Dilshod Mansurov. – Musobaqada ishtirok etgan yoshlarimiz orasidan ham kelajakda Osiyo va Olimpiya o‘yinlari, jahon va qit’a chempionatlarida Vatanimiz sharafini munosib himoya qila olishga qodir sportchilar yetishib chiqishi shubhasiz.
O‘z vazn toifasida hamyurtlarimizdan Alixon Ibrohimov, Akbar Baxtiyorov, G‘ulom Abdullayev, Muhammadrasul Rahimov, Islom Qodirboyev, Umid Jalolov, Islom Ilhomov, Feruz Yaqubov, Abdug‘affor Vahobov, Mahmud Ma’murov va Davlat Ashurov oltin medalni qo‘lga kiritdi.