Xalqaro turnir boshlandi
Qarshi shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) taqvimiga kiruvchi “Qarshi yulduzlari – 2015” turniri boshlandi. Unda yigirmaga yaqin davlatdan 100 nafardan ziyod o‘g‘il-qiz g‘oliblik uchun bahslashadi.
Qarshi shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) taqvimiga kiruvchi “Qarshi yulduzlari – 2015” turniri boshlandi. Unda yigirmaga yaqin davlatdan 100 nafardan ziyod o‘g‘il-qiz g‘oliblik uchun bahslashadi.Turnirda Jo‘rabek Karimov, Shonig‘matjon Shofayziyev, Sanjar Fayziyev, Temur Ismoilov, Xumoyun Sultonov, Sabina Sharipova, Go‘zal Yusupova, Vlada Yekshibarova, Albina Xabibulina, Shahnoza Xamatova, Arina Fols kabi mahoratli sportchilarimiz yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Yakkaliklar o‘rtasidagi birinchi davra bahslarida Jo‘rabek Karimov Xitoy taypeyilik Ti Chen, Shonig‘matjon Shofayziyev rossiyalik Yevgeniy Tyurnev, Sanjar Fayziyev hindistonlik Siraram Balaji, Temur Ismoilov rossiyalik Karen Kachanov, Xumoyun Sultonov rossiyalik Anton Zaytsevga qarshi kortga chiqadi.
Qizlar o‘rtasida Vlada Yekshibarova rossiyalik Varvara Kuznetsova, Arina Fols qirg‘izistonlik Kseniya Palkina, Sabina Sharipova rossiyalik Yekaterina Yashina, Go‘zal Yusupova ukrainalik Anastasiya Vasileva, Shahnoza Xamatova rossiyalik Valeriya Savinik, Albina Xabibulina ukrainalik Veronika Kapshay bilan kuch sinashadi.