Xalqaro kuzatuvchilar Buxoroda
Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi O‘zbekiston Respublikasidagi saylovni kuzatish missiyasi uzoq muddatli kuzatuvchilari Aleksandr Bedriskiy va Shumit Chanda 3-Buxoro saylov okrugida bo‘ldi.
Bu galgi tashrif davomida kuzatuvchilar okrug saylov komissiyasi raisi Mirzohid Daminov hamda komissiya a’zolari Qahramon Tursunov, Feruz Bafoyevlar bilan suhbatlashdi.
Ayni paytda viloyatda saylovni yuqori saviyada o‘tkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, muddatidan oldin ovoz berish jarayonlariga tayyorgarlik xususidagi ma’lumotlar bilan tanishdi. Shuningdek, suhbatda saylov jarayonida kuzatuvchilarga yaratilayotgan imkoniyatlar, axborot olish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun mavjud sharoitlar xususida ham so‘z bordi.

Muloqot davomida okrug saylov komissiyasi raisi xalqaro kuzatuvchilarni qiziqtirgan boshqa savollarga batafsil javob berdi.
Zarif Komilov, O‘zA