Davlatimiz rahbarining 2024 yil 20 dekabrdagi “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va ommalashtirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida azaliy qadriyatimiz kurashning xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish, xorijiy mamlakatlarda yanada keng targ‘ib qilishda murabbiy-mutaxassislarning bilim darajasi birlamchi vazifa sanalishi belgilangan.

Shu maqsadda ushbu yo‘nalishdagi ishlarda samaradorlikka erishish yo‘lida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, mamlakat kurash federatsiyasi va boshqa daxldor tashkilotlar hamkorligida joylarda o‘quv-seminarlar, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazib kelinmoqda.  

Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan bir guruh mutaxassislar ishtirokida o‘tkazilayotgan hakamlik seminari ayni yo‘nalishdagi vazifalar ijrosiga qaratilgani bilan e’tiborli.  

Shu kunlarda yurtimizda mehmon bo‘lib turgan Xalqaro kurash assotsiatsiyasi prezidenti Haydar Farmon boshchiligidagi delegatsiya mazkur seminarda qatnashib, o‘zbekistonlik kurash mutaxassislari bilan suhbatlashdi. 

Muloqot davomida jahon sport maydonlarida kurash bo‘yicha o‘tayotgan chempionatlar, xalqaro turnirlar, musobaqalarning texnik-taktik jihatlari, sportchilarning reytingini belgilab borish, musobaqalarda tarozi, mandat komissiyasi, ro‘yxatga olish, qur’a tashlash tadbirlari kabi qator masalalar muhokama markazida bo‘ldi.  

Xalqaro kurash assotsiatsiyasi (IKA) rahbariyati O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida bo‘lajak kurash murabbiylarini xorijiy tillarga o‘rgatish bo‘yicha o‘tayotgan uch oylik o‘quv- mashg‘ulot jarayonlarida ishtirok etib, yurtimiz talaba-sportchilarining bilim va intilishlariga yuqori baho berdi.  

Universitet rektori Rashid Matkarimov va Xalqaro kurash assotsiatsiyasi rahbari Haydar Farmon ishtirokida o‘tkazilgan davra suhbatida kurashni yanada ommalashtirish istiqbollari, malakali mutaxassislarni tayyorlash, chet ellik kurash mutaxassislari uchun universitetda xalqaro o‘quv-seminarlari tashkil etish, kelgusida kurash bo‘yicha o‘tadigan Yoshlar o‘rtasida Osiyo va jahon chempionatlarini mazkur oliygohda o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.  

Uchrashuv yakunida o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish, kurashning ilmiy-metodologik bazasini kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Xalqaro kurash instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.  

T.Ro‘ziyev,

O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro kurash assotsiatsiyasi rahbari O‘zbekistonda