Xalqaro do‘stlik festivali
Namangan muhandislik-texnologiya instituti tashabbusi bilan Davlatobod tumanidagi “Yangi O‘zbekiston – yoshlar ziyo maskani” axborot kutubxonasida “Madaniyat – millatlararo ko‘prik” shiori ostida xalqaro do‘stlik festivali o‘tkazildi.
Yirik formatda ilk bor o‘tkazilayotgan ushbu tadbirda O‘zbekiston, Hindiston, Rossiya Federatsiyasi, AQSH, Janubiy Koreya, Qirg‘iziston, Zambiya, Latviya, Malayziya kabi davlatlarning urf-odatlari va madaniyatlari namoyish etildi.
Festivalda Hindiston Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi kotibi, Hindiston madaniyat markazi rahbari Sitesh Kumar bu kabi loyihalar mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
[gallery-9785]
Tadbirda namoyish etilgan o‘zbek milliy urf-odatlari, yor-yor, kelin salom kabi tadbirlar, hind raqslari, yoga mashqlari, koreys musiqalari, qirg‘iz yallalari, AQSH va Malayziya bo‘ylab onlayn sayohat yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Oqilxon Dadaboyev,
Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA