Xalq qabulxonasi mudirining o‘rinbosari tayinlandi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va aholini qiynab kelayotgan muammolarga yechim topish masalalariga bag‘ishlangan majlis o‘tkazildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi boshlig‘i Farrux Omonov ishtirok etdi.
Majlisda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Allabergenova Nilufar Reimbayevna — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Xalq qabulxonasi mudirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

N.Allabergenova tayinlovga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Prokurorining jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘yicha katta yordamchisi lavozimida ishlab kelgan.
Majlis davomida aholini qiynab kelayotgan muammolar va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri