Xalilova Kamolaxon Oybek qizining biologiya fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Euploid embrionlarni bachadonga ko‘chirishda implantatsiya samaradorligini oshirish: yondashuvlar va natijalar” mavzusida
Xalilova Kamolaxon Oybek qizining “Euploid embrionlarni bachadonga ko‘chirishda implantatsiya samaradorligini oshirish: yondashuvlar va natijalar” mavzusidagi 03.00.09 – Umumiy genetika ixtisosligi bo‘yicha biologiya fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishining himoyasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.B.01.15 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 30-oktabr kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100174, Toshkent sh., Olmazor t., Talabalar shaharchasi, Universitet ko‘chasi, 4-uy. O‘zbekiston Milliy universitetining Biologiya va ekologiya fakulteti binosi, 2-qavat, 203-xona.
Tel./faks: (+99871) 246–02–24; faks: (+99871) 246–58–34
e-mail: devonxona@nuu.uz