"Paramount” kino kompaniyasi “Warner Bros”ni 110 milliard dollarga sotib oldi
“Paramount Skydance” kino kompaniyasi “Warner Bros. Discovery” kompaniyasini 110 milliard dollarga sotib olib, dunyodagi eng yirik media gigantlaridan biriga aylandi.
Birlashtirilgan kompaniya endi “Skydance Corporation” nomi ostida faoliyat yuritadi.
Yangi tuzilmaning aktivlariga “HBO”, “CNN”, “CBS”, “Nickelodeon”, “MTV”, “Comedy Central”, “DC Studios” va boshqa yirik brendlar kiradigan bo‘ldi.
Kompaniya shuningdek, “Garri Potter”, “Uzuklar hukmdori”, “Taxtlar o‘yini” va “Matritsa” kabi filmlar huquqlarini sotib oldi va “Paramount”ning “Bajarib bo‘lmaydigan vazifa”, “Transformerlar”, “Yulduzlar yo‘lidan” va boshqa xit franshizalari qatorini to‘ldirdi.
“Skydance” bosh direktori Devid Ellison bu kelishuvni kino sanoati uchun tarixiy qadam deb atadi.
S.Rahimov, O‘zA