Vohiddin Najmiddinov: “O‘zbekiston chinakam bahodirlar mamlakati”
Yurtimiz tuprog‘i ma’danlarga, duru javohirlarga qanchalik boyligi jumlai jahonga ma’lum bo‘lganidek, xalqimizning ming yillik qadriyatlari ne-ne sport turlari-yu, xalq o‘yinlarining yaralishini ta’minlaganini dunyo biladi.
Mamlakatimiz mustaqilligining ilk yillarida kurash, turon, belbog‘li kurash, uloq-ko‘pkari, o‘zbek jang san’ati kabi milliy o‘yinlar, qoidalar sport turi darajasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, o‘tgan o‘n yil nari-berisida pahlavonlar, xalq o‘yinlarining ajralmas qismi sanalgan turli yo‘nalishlarni jamlagan “Bahodirlar o‘yinlari va tosh ko‘tarish yo‘nalishlarini birlashtirgan sport federatsiyasi tashkil etildi.
Bugungi kunda O‘zbekiston bahodirlar o‘yinlari va tosh ko‘tarish federatsiyasi to‘laqonli sport federatsiyasiga aylangan bo‘lib, ushbu yo‘nalishdagi pahlavon sportchilar mamlakatimizda va xalqaro maydonda o‘tkazib kelinayotgan chempionatlarda, xalqaro musobaqalarda yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etish asnosida mamlakatimizda tashkil etilayotgan bayram sayllaridagi chiqishlari, amalga oshirayotgan betakror usullari, og‘ir g‘ildirakli mashinalarni, yukli aravalarni belgilangan masofaga tortish, bahaybat jismlarni dast ko‘tarish, og‘ir toshlarni belgilangan masofaga olib borish singari mashqlari bilan odamlar hayratiga, olqishiga sabab bo‘lmoqda.
O‘zbekiston bahodirlar o‘yinlari va tosh ko‘tarish federatsiyasi raisi, xizmat ko‘rsatgan sport ustozi Vohiddin Najmiddinov bilan o‘tkazgan suhbatimiz davomida ushbu yo‘nalishning o‘ziga xos jihatlari, pahlavon sportchilarning tayyorgarligi, o‘tkazilayotgan jahon chempionatlari, mamlakatimiz bahodirlarining xalqaro musobaqalarda erishayotgan natijalari xususida bo‘ldi.
T. Ro‘ziyev,
N. Abduvoitov(video),
A. Ahmedov(video montajchi),
O‘zA