Vizasiz rejim bekor qilinganidan so‘ng o‘zbekistonliklarning Tailandga bo‘lgan qiziqishi keskin pasaydi
Viza tartib-qoidalaridagi o‘zgarishlardan so‘ng o‘zbekistonliklarning Tailandga bo‘lgan qiziqishi sezilarli ravishda pasaydi. Bu haqida "Aviasales Uzbekistan" xizmati xabar bermoqda.
Sentyabr oyidan boshlab Tailandga safar qilishni istagan fuqarolarimiz oldindan viza rasmiylashtirishlari kerak. Tartib-qoidalar o‘zgarganidan so‘ng Tailandga aviachipta qidiruvlari soni 81 foizga, bron qilish soni esa 84 foizga qisqargan.
Sayohatlar davomiyligi deyarli o‘zgarmagan. Sayohatchilar, o‘rtacha 10-12 kun ushbu davlatda bo‘lishadi. Bolalar bilan sayohatlar soni ham avvalgi darajada.
Aviachiptalarning o‘rtacha narxi unchalik o‘zgarmadi. Narxlarning oshishi shaharga qarab, 5 foizdan 10 foizgacha o‘sishni tashkil qilgan, bu hodisa narxlarning mavsumiy o‘zgarishiga mos keladi.
Aziza Alimova, O‘zA