Vinisius Mourinyoning qo‘lini siqishdan bosh tortdi
La Liga doirasidagi uchrashuvda "Betis" Madrid klubini 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
"Real Madrid" futbolchisi Vinisius Junior "Betis"ga qarshi uchrashuvdan so‘ng bosh murabbiy Joze Mourinyo bilan qo‘l berib ko‘rishmadi.
Bahs yakunlangach, portugaliyalik mutaxassis braziliyalik futbolchiga qo‘l uzatdi, biroq Vinisius bunga javob qaytarmadi. Shu bilan birga, u "Real" murabbiylar shtabining boshqa vakillari bilan qo‘l berib ko‘rishgan.
La Liga doirasidagi uchrashuvda "Betis" Madrid klubini 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Bu natija Mourinyo uchun "Real" bosh murabbiyligiga qaytganidan keyingi ilk mag‘lubiyat bo‘ldi.