Vinisius Junior: Neymar har doim Anchelotti uni terma jamoaga chaqirmaganidan xafa bo‘lar edi
Braziliya mundialning guruh bosqichida Marokash, Shotlandiya va Gaiti terma jamoalari bilan kuch sinashadi.
"Real Madrid" vingeri Vinisius Junior Neymarning Braziliya terma jamoasiga qaytishi haqida gapirdi.
"Har safargi yig‘in oldidan Neymar menga "Jin ursin, Anchelotti meni yana chaqirmadi. Undan xafaman", derdi. Ammo men Karlo unga ishonishini va eng muhim paytda albatta uni terma jamoaga taklif qilishini aytar edim", - dedi Vinisius.
Eslatib o‘tamiz, Neymar boshchiligidagi Braziliya mundialning guruh bosqichida Marokash, Shotlandiya va Gaiti terma jamoalari bilan kuch sinashadi.