Viloyat prokurori Davlat dasturi ijrosini o‘rgandi
Sirdaryo viloyati prokurori Sanjar Mavlonov tomonidan Mirzaobod tumani “Oydin" mahallasida "Obod qishloq" Davlat dasturi doirasida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tuman sektor rahbarlari va mas’ullar ishtirokida o‘rganildi.
Xususan, "Oydin" mahallasida 5,7 km ta’mirtalab yo‘llarni shag‘allashtirish, kam quvvatli eski 2 dona transformatorni hamda 70 ta yaroqsiz sim yog‘ochni yangisiga almashtirish, mahalladagi 561 ta xonadonga toza ichimlik suvi yetkazib berish, maktabgacha bo‘lgan yo‘l yoqasidan o‘quvchilarga 1,0 km masofaga piyodalar yo‘lakchasini barpo etish ishlari bajarilishi o‘rganilib, mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Shuningdek, mazkur mahallada 285 nafar o‘quvchiga talim berilayotgan 14-sonli umumta’lim maktabining sport mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan binosini hamda 8-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti binosini mukammal tamirlash ishlari o‘rganilib, sektor rahbarlari va quruvchi tashkilot vakillariga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Sh.Suyarov, O‘zA