VIII Toshkent xalqaro marafoni davom emoqda
Poytaxtimizda Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan an’anaviy VIII Toshkent xalqaro marafoni yuqori saviyada o‘tkazilmoqda.
Mazkur nufuzli sport tadbiri mamlakatimizdagi eng yirik ommaviy musobaqalardan biri hisoblanadi.
[gallery-28562]
Joriy yilgi marafonda dunyoning 30 dan ortiq davlatidan tashrif buyurgan 15 ming nafardan ziyod ishtirokchi qatnashmoqda. Musobaqa sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, aholi o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda xalqaro sport aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.
[gallery-28564]
Javohir Toshxo‘jayev,
Muhammad Amin, Nosirjon Haydarov,
Asliddin Alijonov (surat), O‘zA