Vengriya Rossiyadan aholiga hujum to‘xtatilishini talab qildi
Vengriya tashqi ishlar vaziri Anita Orban Rossiya elchisi bilan uchrashuvdan so‘ng Budapesht Rossiya harakatini “qat’iy qoralashi” va Ukrainadagi oddiy aholiga qarshi hujum darhol to‘xtatilishi tarafdori ekanini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat rasmiylari juda ko‘p vengr yashaydigan Transkarpatiya nishonga olingani “mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan holat” deb hisoblaydi. Rossiya elchisi Yevgeniy Stanislavov bilan suhbatda Vengriya diplomatiyasi rahbari Moskvani tezkor sulh tuzish va urushni tinch yo‘l bilan tugatishga chaqirdi.
Mahalliy ommaviy axborot vositalari Rossiya - Ukraina urushi boshlangandan beri Viktor Orban hukumati Transkarpatiyadagi hujum tufayli RF elchisini chaqirtirmaganiga e’tibor qaratgan.
S.Rahimov, O‘zA