O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi “YouTube”dagi sahifasida o‘zbek, rus va ingliz tillarida yangi hujjatli filmni havola qildi.

Yangi hujjatli filmda Emanuel Krist va Kristof Gantenbein, shuningdek, kichik kurator va tadqiqot rahbari Viktoriya Iston hamda rassomlar 17-Venetsiya arxitektura biyennalesida O‘zbekiston milliy pavilonining konsepsiyasi va g‘oyasi haqida so‘zladi.

Syurixdagi Oliy texnika maktabining arxitektura va dizayn professorlari hamda Christ & Gantenbein asoschilari, Emanuel Krist va Kristof Gantenbein ko‘rgazmaning kuratorlari deb ta’kidlangan edi. Ular o‘zlarining «Mahalla: shahar va qishloq hayoti» loyihasida mahalla fenomenoni o‘rganishdi. Kuratorlardan birining so‘zlariga ko‘ra, mahalla – biyennalening bu yilgi mavzusida berilgan «Birgalikda qanday yashaymiz?» savoliga javob bo‘la oladi.

«Mahalla: shahar va qishloq hayoti» – bu Venetsiya biyennalesidagi O‘zbekiston milliy pavilonining debyut loyihasidir. Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi pavilon komissari sanaladi. Loyihaning asosiy vazifasi global madaniy makonda milliy ishtirokni mustahkamlashdir.

Shuningdek, kuratorlar Venetsiya ko‘rgazmasida yaratilgan uy Toshkentning tarixiy tumanlaridan birida joylashganligi haqida gapirishdi. Arxitektorlar uni 1:1 karkas arxitekturasi sifatida ko‘rib chiqdi, bu odamlar ichidagi narsalarni tasavvur qila olishlari uchun tugallanmagan uchi ochiq uch o‘lchovli kollajdir.

– Biz mahallalarni ko‘rish uchun Xivadan Buxoro va Toshkentga o‘tdik, – deydi Bas Prinsen. – Tabiiyki, suratlar kichiklashtirilgan reallik sanaladi. Butun bino bo‘ylab siz ma’lum bir xonada joylashgan tafsilotlarni topasiz. Bosib chiqarish texnologiyasi shuki, aks ettirishiyoq hech qanday kimyoviy vosita ishlatilmaydi, shuning uchun suratlarni yuzlab yillar davomida saqlanib qoladi. Barcha fotosuratlar tafsilotlarning ko‘lamini aks ettiradi.

<iframe width="1280" height="720" src="https://www.youtube.com/embed/y5FuKDTBqS8" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Venetsiya biyennalesidagi O‘zbekiston milliy paviloni haqida hujjatli film havola etildi