Velosportchilar bahsi qizg‘in o‘tmoqda
Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha 2008-2009 yillarda tug‘ilgan o‘smir yigit-qizlar o‘rtasida “Federatsiya kubogi” musobaqasi o‘tkazilmoqda.
2025 yili Toshkentda o‘tadigan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlarida terma jamoa uchun saralash vazifasini bajarib beruvchi ushbu musobaqaning ilk kunida velosportchilar shaxsiy vaqt poygasida (15 km.) o‘zaro raqobatlashdi.

Mazkur bellashuvlarning yigitlar o‘rtasidagi poygada Artyomiy Sherbakov, Salombek Hasanov va Shoislom Shoakmalov, qizlar orasida esa Gulhayo Sattorova, Nadejda Barteneva hamda Yekaterina Makarochkina shohsupaga ko‘tarildi.

Endi musobaqa doirasida sportchilar guruh poygasida kuch sinashadi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, yigitlar 75 km. masofada o‘z omadlarini sinab ko‘rsa, qizlar 35 km. masofada bahslarga kiradi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA